
Chevening xalqaro stipendiya dasturi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.
Stipendiyaga nomzodga qo‘yiladigan talablar:
– O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
– Bakalavr darajasini tamomlaganlar;
– Kamida ikki yillik ish tajribasiga egalar;
– O‘qishni tamomlagach, kamida ikki yil davomida O‘zbekistonga qaytib ishlashi;
ARIZA TOPSHIRISH
Arizalar faqat Chevening xalqaro stipendiya dasturining rasmiy onlayn tizimi orqali qabul qilinadi: https://www.chevening.org/appply/
Batafsil ma’lumot olish uchun:
https://www.chevening.org/scholarships/guidance/
Arizalar 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.
TANLOV JARAYONI:
1-bosqich – Onlayn ariza
Nomzodlar xalqaro stipendiya dasturining rasmiy tizimi orqali ariza topshiradi va 4 ta esse savoliga ingliz tilida javob beradi.
2-bosqich – Arizalarni baholash
Arizalar Chevening talablari asosida baholanadi. Munosib nomzodlar suhbat bosqichiga o‘tadi.
3-bosqich – Suhbat
Suhbatga taklif etilgan nomzodlar 2 ta tavsiyanoma va talab etilgan hujjatlarni (pasport va diplom) taqdim etadi. Shundan so‘ng nomzodlar bilan Buyuk Britaniya elchixonasi suhbat o‘tkazadi.
4-bosqich – Yakuniy natijalar
Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar belgilangan muddatgacha tanlagan magistratura dasturlarining bittasidan shartsiz qabul xati (Unconditional Offer) taqdim etishi kerak.
Stipendiya nimalarni qoplaydi:
– Buyuk Britaniya universitetidagi magistratura ta’limi uchun kontrakt to‘lovi;
– Oylik stipendiya;
– Buyuk Britaniyaga borish va qaytish uchun aviachipta;
– Viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar;
– Kelish va ketish bilan bog‘liq belgilangan to‘lovlar;
– Cheveningning rasmiy tadbirlarida ishtirok etish bilan bog‘liq ayrim yo‘l xarajatlari.
Chevening dasturi haqida:Chevening – Buyuk Britaniya hukumatining nufuzli xalqaro stipendiya dasturi bo‘lib, Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot idorasi (FCDO) hamda hamkor tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi.
Rasmiy sahifalarimiz: