
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, oliy ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh soha rahbarlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlanganlar qatorida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Abdujalilovich Boymuradov ham bor.
Universitet rektori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak e’tirof professor Sh.A. Boymuradovning oliy ta’lim sohasidagi samarali faoliyati, universitet rivojiga qo‘shayotgan hissasi va fidokorona mehnatining munosib e’tirofi bo‘ldi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi rektorimiz professor Shuxrat Abdujalilovich Boymuradovni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etadi hamda kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!Rasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin