Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari “Vodiy Gavhari – 2026” xalqaro yozgi maktabida ishtirok etdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari “Vodiy Gavhari – 2026” xalqaro yozgi maktabida ishtirok etdi
Andijon davlat tibbiyot institutida 2026-yil 3–11-avgust kunlari o‘tkazilgan “Vodiy Gavhari – 2026” V-Xalqaro yozgi maktabida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari:
1. 3-son Davolash fakulteti 4-kurs talabasi Nurtosheva Feruza
2. Tibbiy-pedagogika, stomatologiya, farmatsiya va pediatriya ishi fakulteti 4-kurs talabasi Solijonova Ruxshona
3. Xalqaro fakultet PIMU 2-kurs talabasi Saidaxmatov Alisherjon ishtirok etdilar.
O‘n kunlik dastur davomida talabalar tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar.
Xususan, CPR, shoshilinch tibbiy yordam, shok holatlarini boshqarish, desmurgiya, tashqi qon ketishini vaqtincha to‘xtatish, turniket va bosimli bog‘lamlardan foydalanish, sinish va chiqishlarda immobilizatsiya hamda travmalarda birinchi yordam bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.
Shuningdek, ishtirokchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga tashrif buyurib, qabul bo‘limi, angiografiya, travmatologiya, reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari faoliyati bilan tanishdilar.
Yozgi maktab dasturidan psixologik treninglar, madaniy-ma’rifiy tashriflar, jamoaviy mashg‘ulotlar va xalqaro ishtirokchilar bilan tajriba almashish tadbirlari ham o‘rin oldi.
Mazkur xalqaro yozgi maktab talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, yangi ko‘nikmalarni egallash va xalqaro tajriba almashish imkonini berdi.
#TDTU#TSMU#VodiyGavhari2026#PearlOfTheValley2026#InternationalSummerSchoolTashkent davlat tibbiyot universitetiIqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
@tashmeduni_mth

Leave a comment