Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi “Iqlim–Yoshlar–Tog‘lar” mintaqaviy yozgi lagerida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi “Iqlim–Yoshlar–Tog‘lar” mintaqaviy yozgi lagerida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi
2026-yil 16–22-avgust kunlari Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OSCE) tomonidan tashkil etilgan “Iqlim–Yoshlar–Tog‘lar” mintaqaviy yozgi lageri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xalqaro tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Davolash ishi fakultetining 3-bosqich talabasi Jurabayeva Mohinur Ro‘ziboy qizi O‘zbekiston nomidan ishtirok etdi. U mamlakatimizdan grant asosida lagerda qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan 4 nafar yoshdan biri bo‘ldi.
Lagerda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 20 nafar yosh ishtirok etib, iqlim o‘zgarishi, tog‘ xavfsizligi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi.
Dastur doirasida ishtirokchilar Chon-Qizil-Suu tog‘ meteorologiya stansiyasida kuzatuvlar olib bordi, gidrologik o‘lchovlarda qatnashdi, tog‘ yaylovlari va o‘rmonlarining holatini baholadi hamda “Qora-Batqoq” muzligiga dala ekspeditsiyasi da ishtirok etdi.
Lager yakunida Markaziy Osiyo yoshlarini birlashtiruvchi CASE Lab (Central Asia Shared Expertise Lab) mintaqaviy platformasi tashkil etildi. Mazkur platforma yosh mutaxassislarning iqlim va ekologiya sohalaridagi hamkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbir, shuningdek, COP31 hamda 2027-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Bishkek+25” global tog‘ sammiti ga tayyorgarlik jarayoniga munosib hissa qo‘shdi.
Mohinurni ushbu xalqaro tadbirda O‘zbekiston va Toshkent davlat tibbiyot universiteti nomidan munosib ishtirok etgani bilan samimiy tabriklaymiz!Tashkent davlat tibbiyot universitetiIqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
@tashmeduni_mth

Leave a comment