Hurmatli xorijiy abituriyentlar!
Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat, ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirish istagini bildirayotgan ko‘plab xorijiy fuqarolarning murojaatlari inobatga olinib, hujjatlarni qabul qilish muddati 2026-yil 30-sentabrga qadar uzaytirildi.
Hujjatlar avval e’lon qilingan tartib va talablar asosida qabul qilinadi
(bakalavr: https://tashmeduni.uz/2026/06/22/xorijiy-abituriyentlar-uchun-elon/
ordinatura: Xorijiy fuqarolar uchun e’lon! – Toshkent davlat tibbiyot universiteti).
Hujjatlarni yuborish uchun elektron pochta manzili:
enter.tsmu@gmail.com
O‘qishga qabul qilish suhbatlari Zoom platformasi orqali onlayn shaklda (video yozuv ostida) o‘tkaziladi.
Hurmatli talabgorlar, hujjatlarni belgilangan muddat yakuniga qadar to‘liq shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz.
Barcha rasmiy ma’lumotlar faqat Toshkent davlat tibbiyot universitetining rasmiy axborot resurslari orqali e’lon qilinadi.