35-yillik taraqqiyot: oliy ta’limdagi ulkan islohotlar va o‘zgarishlar

#Mustaqilligimiz_35_yilligiga35-yillik taraqqiyot: oliy ta’limdagi ulkan islohotlar va o‘zgarishlar

Mamlakatimizda eng ulug‘, eng aziz bayram – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining qutlug‘ 35 yilligini katta tantana bilan nishonlash ostonasida turibmiz.
Mustaqillik bizga o‘zligimizni qayta anglash, ko‘p asrlik qadriyatlar va ma’naviy merosimizni tiklash, dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash imkonini bergan buyuk ne’matdir. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ta’lim sohasining barcha bo‘g‘inlari kabi oliy ta’lim tizimida ham tub ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi.
O‘tgan 35 yil davomida mamlakatimiz ta’lim tizimi uzoq va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Eski markazlashgan yondashuvdan ochiqlik, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, xalqaro hamkorlik va akademik raqobatbardoshlikka yo‘naltirilgan zamonaviy milliy tizimga o‘tildi.
Yangi O‘zbekistonda ta’lim davlat siyosatining strategik ustunlaridan biriga aylandi. O‘ttiz besh yil ichida mamlakatimiz milliy oliy ta’lim tizimini shakllantirishdan xalqaro standartlarga mos, innovatsiyalarga tayanuvchi va raqobatbardosh kadrlar tayyorlaydigan zamonaviy tizimni yaratishgacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi.
Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi.
G‘ayrat G‘aybullayevich Utayev

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment