
Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim kafolati
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi yurtimiz tarixida milliy davlatchiligimiz, huquqiy demokratik jamiyat va inson qadrini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilgan ulkan islohotlarni sarhisob qilish uchun muhim tarixiy sana hisoblanadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda konstitutsiyaviy taraqqiyotning mustahkam huquqiy poydevori yaratildi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi O‘zbekistonning insonparvar, adolatli va ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat barpo etish borasidagi qat’iy siyosiy irodasini namoyon etdi. Bugungi kunda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar Konstitutsiyada belgilangan huquqiy kafolatlarni hayotimizda yanada mustahkamlamoqda. Shu ma’noda, mustaqillikning 35 yilligi nafaqat bosib o‘tilgan sharafli yo‘limizni, balki huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati va farovon kelajak sari yangi maqsadlarimizni ham ifodalaydi. Zero, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi, inson huquq va qadr-qimmatining yuksak darajada ta’minlanishi — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim kafolatidir.
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak aziz hamyurtlar!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori
Norqulov Do’stmurod Toshpo’latovich