
Mustaqillik yillarida sog’liqni saqlash sohasida erishilgan yutuqlar.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish va sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar alohida e’tirofga loyiqdir. Mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamonaviy tibbiy muassasalar barpo etildi, yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini oshirishga katta e’tibor qaratildi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamlarini takomillashtirish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, profilaktika va erta diagnostika tizimini rivojlantirish, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirish borasida muhim natijalarga erishildi. Ayniqsa, keyingi yillarda tibbiyot sohasini raqamlashtirish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini joriy etish, aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar tizimning yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qilmoqda. Bugun O‘zbekistonda inson salomatligi va hayotini asrash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralib, «Inson qadri uchun» tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimiz farovonligi va munosib hayot kechirishining muhim kafolatiga aylanmoqda. Mustaqillikning 35 yilligi esa sog‘liqni saqlash sohasida erishilgan yutuqlarni sarhisob qilish bilan birga, har bir inson uchun yanada sifatli, zamonaviy va ochiq tibbiy xizmatlar tizimini barpo etish yo‘lidagi yangi maqsadlarni belgilab bermoqda.
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak aziz hamyurtlar!
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, professor
Narkulov Suhrob Dustmuradovich
Rasmiy sahifalarimiz: