
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yillik taraqqiyot yo‘lida, ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda yashil energetikani rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish hamda suv resurslarini samarali boshqarish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Quyosh va shamol elektr stansiyalarining barpo etilishi, energetika tizimiga zamonaviy va energiya tejamkor texnologiyalarning joriy etilishi O‘zbekistonning ekologik toza va barqaror energetika tizimini shakllantirish yo‘lidagi dadil qadamlar bo‘ldi. Shu bilan birga, suvdan oqilona foydalanish, sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va suv xo‘jaligini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur ezgu tashabbuslar nafaqat bugungi avlod farovonligini ta’minlash, balki kelajak avlodlar uchun musaffo tabiat, ishonchli energetika va yetarli suv resurslarini asrab-avaylashga qaratilgan yuksak davlat siyosatining yorqin ifodasidir. Bu ulkan bunyodkorlik ishlari Yangi O‘zbekistonning zamonaviy, ekologik barqaror va farovon davlat sifatida taraqqiy etayotganidan dalolat beradi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi
Shodiqulov Eldor Sherzodovich
Rasmiy sahifalarimiz: