
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobi, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Bugun yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, tibbiyot va ta’lim tizimidagi yangilanishlar Vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik tilayman. El-yurt salomatligi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, ilm va kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar yor bo‘lsin.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamisha birdam va farovon bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin!
Hurmat bilan,Shuxrat BoymuradovToshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professorTelegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok