Hurmatli hamkasblar jamoasi, soha fidoyilari va aziz yurtdoshlar!

Hurmatli hamkasblar jamoasi, soha fidoyilari va aziz yurtdoshlar!
Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik ayyomi munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman!
«O‘zbekiston — 2030» strategiyasi doirasida inson qadri, ayniqsa, xalqimiz salomatligini muhofaza qilish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlash hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi islohotlar yurtimiz kelajagi va sog‘lom avlod shakllanishining mustahkam kafolatidir.
Mustaqil O‘zbekistonimizning tinchligi, taraqqiyoti va aholi salomatligi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli mehnatingizda ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilayman!
Hurmat bilan,
Toshkent Tibbiyot Universiteti o‘qituvchisi:
Ro‘ziyev Navro‘z Ixtiyor o‘g‘li
Yangi O‘zbekiston — Sog‘lom kelajak, Yuksak iqtidordor va Buyuk kelajak maskani!

Leave a comment