
#Mustaqilligimiz_35_yilligigaO‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan buyon zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va iqtisodiyotni raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Ayniqsa, so‘nggi o‘n yillikda IT sohasi mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Raqamli infratuzilmaning kengayishi, elektron davlat xizmatlarining rivojlanishi, IT xizmatlari eksportining ortishi va zamonaviy texnologiyalarning turli sohalarga joriy etilishi buning yaqqol dalilidir. Raqamlit ransformatsiyaning muhim bosqichi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining amalga oshirilishi bilan bog‘liq. Ushbu strategiya doirasida davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarni raqamlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi
Begimqulova Gulhayo Baxtiyorovna