
So’nggi yillarda mamlakatimizda boshqa sohalar qatori sportga ham katta e’tibor qaratildi, uni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Yurtimizning olis tumanlarida ham zamonaviy sport infratuzilmasi yaratilib, aholi bundan unumli foydalanib kelmoqda. Olib borilgan islohatlar samarasi sifatida mamlakatimiz sportchilari turli xalqaro musobaqalarda ko’plab sovrin va medallarni qo’lga kiritdi, ulardan 400 dan ortig’i oltin medallardir.
Ma’lumki, 2024 yilda Parijda o’tgan Olimpiya va Paralimpiya o’yinlarida yurtimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida har ikki yo’nalishda 13-o’rinni egallagan edi. Mamlakatimiz Prezidentining 2025 yil 8 iyuldagi qarori bilan O’zbekiston sportchilarini 2028 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o’yinlariga tayyorlash dasturi qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahnamoligida Toshkent shahrining sharqiy qismida qad rostlagan 100 gektarga teng Olimpiya shaharchasi 2025 yil 18 avgustda foydalanishga topshirildi. Endi sportni yanada rivojlantirish, kelgusidagi musobaqalarda natijalarni oshirish maqsad qilingan. Zero, Yangi O’zbekistonda buyuk marralar bundan kupayishiga aminmiz.
Mustaqillik bayraming muborak bo’lsin, jonajon O’zbekistonim!
Nilufar Niyozova Shomuradovna– Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, f.f.n.