
2026-yil 2-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi.
Ushbu seminarni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori T.A.Bobomuratov so‘zga chiqib, professor-o‘qituvchilarni Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar hamda seminarni rasman boshlab berdilar. Seminarda tarix fanlari doktori, professor A.A. Mavrulov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida mazmunli va qiziqarli ma’ruza qildi.
Ma’ruza davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, yurtimizning taraqqiyot yo‘li, xalq birligi, milliy qadriyatlar hamda yoshlarning Vatan kelajagidagi muhim o‘rni haqida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, seminar dasturi doirasida malakali professor o’qituvchilar tomonidan:
“Mustaqillik: kecha, bugun va kelajak”
“Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar” mavzusida ma’ruzalar taqdim etildi.
Tadbirda universitet rahbariyati, Ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi tizimidagi bo’lim hodimlari, kafedralarning ma’naviyat va ma’rifat faoliyati uchun mas’ul hodimlari faol ishtirok etdilar.
Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, xalqimiz birdam, yurtimiz taraqqiy topib, kelajagimiz buyuk bo‘lsin!Rasmiy sahifalarimiz!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin