
Telegram messenjerida “Шухрат Абдужалилович Боймурадов” nomi bilan ochilgan akkaunt orqali Tоshkent davlat tibbiyot universiteti faoliyati va xodimlariga aloqador, asossiz hamda rasmiy manbalarga tegishli bo‘lmagan xabarlar tarqatilayotgani aniqlandi.
Mazkur akkaunt Tоshkent davlat tibbiyot universiteti yoki uning vakolatli xodimlariga tegishli emasligini rasman ma’lum qilamiz. Ushbu sahifa soxta (fake) akkaunt hisoblanadi va u orqali yuborilayotgan har qanday ma’lumot universitetning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi.
Fuqarolar va hamkorlardan faqat universitetning rasmiy axborot kanallariga ishonishlari, shubhali akkauntlar orqali keladigan xabarlarga e’tibor bermasliklari so‘raladi. Shuni eslatib o’tamizki, shunday shubhali akkauntlardan kelgan xabarlarga javob yozmaslik, tarqatmaslik, shaxsiy yoki xizmatga oid ma’lumotlarni bermaslik yoki yuborilgan turli giperhavola (link) larni bosmaslikni so’raymiz. Holat yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.
Quyida rasmiy kanal va akkauntlar keltirilmoqdaToshkent davlat tibbiyot universiteti rektoring rasmiy kanallari:https://t.me/shuxrat_boymuradovhttps://www.instagram.com/shuhrat.boymuradovhttps://youtube.com/@shuhrat.boymurodovhttps://www.facebook.com/shukhrat.boymuradovToshkent davlat tibbiyot universitetining kanallari:https://t.me/tashmedunihttps://instagram.com/tashmedunihttps://facebook.com/tashmedunihttps://x.com/TashMedUnihttps://www.youtube.com/@TashMedUniOfficialhttps://www.linkedin.com/school/tashkent-state-medical-university