Oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alariga ustama to‘lanadi

#Yangilik#Tibbiy_talimOliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alariga ustama to‘lanadi

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat tibbiyot universiteti tarkibidagi Hamshiralar akademiyasi negizida, dunyoning top (1-o‘rin) hamshiralik maktabiga ega bo‘lgan Pensilvaniya universiteti (AQSH) bilan hamkorlikda Ilg‘or tibbiy hamrohlik maktabi tashkil etiladi.

“Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi “Oliy tibbiy hamrohlik ishi” yo‘nalishiga o‘zgartirilib, bitiruvchi ayollarga “hamshira”, erkaklarga esa “tibbiyot og‘asi” kvalifikatsiyasi beriladi.
Bakalavriatga qabul har yili kamida 20 foizga oshirib boriladi, ta’lim esa yetakchi xorijiy OTMlari bilan qo‘shma dasturlar asosida, ularning o‘quv dasturlarining kamida 70 foizini o‘zlashtirgan holda tashkil etiladi.
Bakalavriatni tamomlagan hamshira va tibbiyot og‘alariga har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari, magistraturani tamomlaganlarga esa 2 baravari miqdorida ustama to‘lanadi.SSV Matbuot xizmati.
———————
Медсестры и медбраты с высшим образованием будут получать надбавки

С 2027/2028 учебного года на базе Академии медсестер в Ташкентском государственном медицинском университете создается Школа передового медицинского сопровождения в сотрудничестве с Университетом Пенсильвании (США), чья Школа сестринского дела занимает 1-е место в мире.

Направление бакалавриата «Высшее сестринское дело» будет преобразовано в «Высшее медицинское сопровождение». Выпускникам-женщинам будет присваиваться квалификация «медицинская сестра», мужчинам — «медицинский брат».
Прием на бакалавриат будет ежегодно увеличиваться не менее чем на 20%, а обучение организуют по совместным программам с ведущими зарубежными вузами с внедрением не менее 70% их образовательных программ.
Выпускникам бакалавриата по направлению будет устанавливаться ежемесячная надбавка в размере 1 МРОТ, а выпускникам магистратуры — 2 МРОТ.Пресс-служба Минздрава. Web-siteTelegramFbInstagram

Leave a comment