
#Yangilik#Tibbiy_talimOliy tibbiy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan islohotlar boshlanmoqda
“Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi 5+1 modeli asosida amalga oshiriladigan 6 yillik“Umumiy tibbiyot” ta’lim dasturiga transformatsiya qilinadi. Ushbu model 5 yillik nazariy va amaliy ta’lim hamda 1 yillik uzluksiz klinik amaliyotni o‘z ichiga oladi.
Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha yagona talablar joriy etiladi. Xususan, shifokorlik mutaxassisliklari uchun minimal o‘tish balli 70foiz,o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash yo‘nalishlari uchun esa 60 foizni tashkil etadi.
Shuningdek, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun minimal o‘tish ko‘rsatkichi kirish imtihonlaridan eng yuqori ballning kamida 60 foizi etib belgilanadi. Bakalavriat ta’lim dasturlariga qabul parametrlari sog‘liqni saqlash tizimining real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Ayni paytda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun talabalarning uzluksiz amaliy tayyorgarligini ta’minlaydigan o‘z yoki biriktirilgan klinik bazalarga ega bo‘lish bo‘yicha majburiy talablar belgilanadi.
Ta’lim jarayoniga dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillari hamda simulyatsiya markazlarida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.SSV Matbuot xizmati.
———————
Начинается масштабная реформа системы высшего медицинского образования с упором на качество
Направление «Лечебное дело» преобразуется в 6-летнюю программу «Общая медицина», реализуемую по модели 5+1: пять лет обучения и один год непрерывной клинической практики.
Для повышения качества подготовки вводятся единые требования к освоению образовательных программ: минимальный проходной балл составит 70% для врачебных специальностей и 60% — для подготовки среднего медицинского персонала.
Кроме того, минимальный порог для приема на платно-контрактной основе составит не менее 60% от максимального количества баллов вступительных испытаний. Параметры приема на программы бакалавриата будут формироваться исходя из реальной потребности системы здравоохранения.
Также для медицинских вузов устанавливаются обязательные требования по наличию собственных либо закрепленных клинических баз, обеспечивающих непрерывную практическую подготовку студентов.
В образовательный процесс в обязательном порядке внедряются принципы доказательной медицины и обучение практическим навыкам
в симуляционных центрах.Пресс-служба Минздрава. Web-siteTelegramFbInstagram