









Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, soha faxriylari, talabalar hamda universitet jamoasi vakillari ishtirok etdi.
Tantanali yig‘ilish avvalida yurtimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim va tibbiyot tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Xususan, tibbiyot ta’limini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, malakali mutaxassislar tayyorlash va ilm-fan bilan ta’lim integratsiyasini kuchaytirish borasidagi vazifalar ta’kidlandi.
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan talabalar va professor-o‘qituvchilarga ezgu tilaklar bildirilib, kelgusida ta’lim, ilmiy faoliyat va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishish muhimligi qayd etildi.
Tadbir davomida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat, yosh avlodni har tomonlama yetuk va mas’uliyatli etib tarbiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bayram dasturi doirasida ijodiy jamoalar va san’atkorlarning musiqiy hamda badiiy chiqishlari namoyish etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.
2026/2027-o‘quv yili Toshkent davlat tibbiyot universiteti uchun ta’lim sifatini yanada oshirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va zamonaviy tibbiyot uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yo‘lidagi yangi bosqich sifatida boshlandi.
Universitet jamoasi yangi o‘quv yilida oldiga qo‘yilgan ezgu maqsadlar sari hamjihatlik bilan intilib, yangi yutuqlarni qo‘lga kiritishga bel bog‘ladi.
Rasmiy sahifalarimiz!