TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA 2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN SUPER KONTRAKT MIQDORLARI TASDIQLANDI

E’LON!

TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA 2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN SUPER KONTRAKT MIQDORLARI TASDIQLANDI

2026/2027-o‘quv yili qabuli bo‘yicha kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan, biroq qo‘shimcha ravishda talaba bo‘lish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super kontrakt) miqdorlari tasdiqlandi.

Super kontrakt asosida o‘qishga to‘plagan bali 56,7 balldan kam bo‘lmagan va belgilangan qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan abituriyentlar qo‘shimcha ravishda qabul qilinishi mumkin.

 2026/2027 – o‘quv yili uchun super kontrakt (amaldagi to‘lov kontrakt miqdori asosida) baravar miqdorlari:

T/r Shifr Ta’lim yo‘nalishlari nomi Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori (baravar hisobida)
1 60910200 Davolash ishi 10
2 60910300 Pediatriya ishi 10
3 60910100 Stomatologiya 10
4 60910600 Oliy hamshiralik ishi 6
5 60910700 Fundamental tibbiyot 8,7
6 60110300 Maxsus pedagogika: Surdotarjimonlik faoliyati 4,7
7 60410800 Menejment 6
8 60530100 Kimyo 4
9 60520200 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 4
10 60711100 Biotibbiyot muhandisligi 4
11 60910400 Tibbiy profilaktika ishi 8,7
12 60910800 Farmatsiya 8,7

Eslatma: super kontrakt miqdori bazaviy to‘lov-kontraktning tegishli baravarida hisoblangan.

Amaldagi tartibga muvofiq, belgilangan qabul chegarasiga:

  • 1,05 ballgachayetmaganlar – bazaviy kontraktning 1,5 baravari;
  • 1,06 – 2,05 ballgachayetmaganlar – 2 baravari;
  • 2,06 – 3,05 ballgachayetmaganlar – 2,5 baravari;
  • 3,06 – 4,05 ballgachayetmaganlar – 3 baravari miqdorida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Leave a comment