
TDTU talabalari uchun katta imkoniyat!
Ushbu tanlovda bakalavriatning 2–6-bosqich, shuningdek magistraturaning 2–3-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Stipendiya turlari:
• Rektor stipendiyalari
• Akademiklar stipendiyasi
• Professorlar stipendiyasi
Nominatsiyalar turlari:
Turli yo‘nalishlarda talabalarning ilmiy, ijtimoiy va innovatsion faolligini baholovchi maxsus nominatsiyalar (batafsil ro‘yxat platformada beriladi)
Yuklanishi shart bo‘lgan asosiy hujjatlar:
• Reyting daftarchasi yoki reyting ma’lumotlari
• Til sertifikatlari (mavjud bo‘lsa)
• Ilmiy, ijtimoiy va innovatsion yutuqlar bo‘yicha asoslovchi hujjatlar
• Boshqa zarur fayllar (platformada ko‘rsatilgan tartibda)
Baholash mezonlari — 100 ballik tizim asosida:
• Reyting bali
• Til bilish darajasi
• Ilmiy-innovatsion faollik indeksi
• Ijtimoiy faollik indeksi
Rektor nomiga ariza namunasiHemis ID va parol orqali tizimga kirib, ro‘yxatdan o‘tiladi. Hozirda Reyting va Hemis ma’lumotlari avtomatik integratsiya jarayonida ekanligi sababli stipendiyalar boʻlimi yaqin orada koʻrinadi. Ariza topshirishuchun shu link orqali kiring: TDTU iqtidorli talabalar Qoʻshimcha savollar uchun: @TDTU_ITITFTEB
Topshirilgan arizalarni “Arizalar bo‘limi” orqali kuzatib borish mumkin. Hujjatlar pdf formatda yuklansin.
Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 25-sentabr 23:59 gacha!!!
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!Tashkent davlat tibbiyot universitetiIqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
@tashmeduni_mth