




Kuni kecha Toshkent davlat tibbiyot universitetiga N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti Toshkent filiali direktori, innovatsion faoliyat bo‘yicha prorektor Dmitriy Shagin tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ta’lim va ilmiy yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, akademik hamkorlikni kengaytirish, klinik ordinatura yo‘nalishida malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, tibbiy ta’lim va klinik amaliyotning o‘zaro integratsiyasini kuchaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, tomonlar o‘zaro tajriba almashish, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda tibbiyot sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish muhimligini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud hamkorlikni mustahkamlash va kelgusida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Rasmiy sahifalarimiz!