Italiyalik neyroxirurg Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetiga neyroxirurgiya sohasi bo‘yicha xalqaro miqyosda faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis, tibbiyot fanlari doktori, professor Aldo Spallone tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida professor Aldo Spallone universitet rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida neyroxirurgiya, klinik nevrologiya va tibbiy ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, mutaxassislar tajriba almashinuvi hamda xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif davomida tomonlar tibbiyot ta’limi va ilm-fan sohasidagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy neyroxirurgiya yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini kuchaytirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Mazkur tashrif Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro ilmiy va akademik hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ilg‘or tibbiy tajribalarni ta’lim va klinik amaliyotga tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment