Toshkent davlat tibbiyot universitetida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun mentorlar bilan uchrashuvlar yaqinlashmoqda!

Mentorlar — talabalik sari ilk qadam qo‘ygan yoshlarning universitet hayotiga moslashishida ko‘maklashuvchi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi va qo‘llab-quvvatlovchi hamrohlardir.
Uchrashuvlar davomida yangi talabalar:

universitetning ta’lim va ijtimoiy hayoti bilan yaqindan tanishadi;
o‘quv jarayoni va talabalik hayotiga oid muhim ma’lumotlarga ega bo‘ladi;
mentorlar hamda tengdoshlari bilan yaqindan tanishadi;
universitetdagi imkoniyat va loyihalar haqida ma’lumot oladi.

Mazkur uchrashuvlar yangi talabalar uchun universitet muhitiga moslashish, yangi do‘stlar orttirish va talabalik davrini mazmunli boshlashga xizmat qiladi.
#ToshDavTUMentorlari#1Bosqich#UniversitetHayoti#ToshDavTU2026

Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram| Web Sayt|Facebook

Leave a comment