
Toshkent davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-1166-son Konstitutsiyaviy Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatini universitet xodimlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida mazkur Konstitutsiyaviy Qonunning asosiy mazmuni, Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va davlat boshqaruvidagi o‘rni haqida tushuntirishlar berildi. Qonunda Prezident Administratsiyasining faoliyatini tashkil etish, uning vazifalari, vakolatlari hamda tarkibiy tuzilishiga oid qoidalar belgilangan.
Shuningdek, xodimlarga yangi normativ-huquqiy hujjatning mazmunini to‘g‘ri anglash, uning amaliy ahamiyati va belgilangan normalar haqida zarur ma’lumotlar yetkazildi.
Mazkur targ‘ibot tadbirlari davlat boshqaruvi sohasidagi yangi huquqiy normalar to‘g‘risida xodimlarning huquqiy bilim va xabardorligini oshirish, hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga qaratilgan.
Toshkent davlat tibbiyot universitetida qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz!