1-davolash fakultetida tanishtiruv ishlari boshlandi!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-davolash fakultetida 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv ishlari boshlandi.
Mazkur jarayonning asosiy maqsadi — yangi talabalarni universitet hayoti, ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar hamda ularga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish, talabalik hayotining ilk bosqichini mazmunli va samarali tashkil etishga ko‘maklashish.
Tanishtiruv ishlariga 1-davolash fakulteti dekani Yusupov Shoxrux Shuxratovich boshchilik qilmoqda. Dekan tomonidan talabalarga universitetdagi ta’lim jarayoni, fakultet faoliyati, talabalarning huquq va majburiyatlari hamda o‘quv jarayonida mas’uliyatli bo‘lishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
1-davolash fakulteti — kelajak shifokorlarining katta yo‘li shu yerdan boshlanadi!

Leave a comment