
Bugun universitetimizda mentorlik faoliyatining ilk kuni bo‘lib o‘tdi. Kun davomida talabalar universitetimizning tarixi, fakultetlari, ta’lim yo‘nalishlari, ichki tartib-qoidalari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, talabalar universitet hayoti, o‘quv jarayoni va kelgusidagi imkoniyatlar haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Samimiy muloqot va ko‘tarinki kayfiyat esa ilk kunni yanada mazmunli qildi.
Mentorlik – talabalik hayotining ilk bosqichidanoq to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash va universitet muhitiga moslashishga ko‘maklashishning muhim qismidir.
Ilk kun – yangi muhit, yangi taassurotlar va katta maqsadlar sari tashlangan ilk qadam!
Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yorqin xotiralar va ulkan yutuqlarga boy bo‘lsin!
#Mentorlik#ToshDavTU#TalabaHayoti#YoshlarIttifoqi#YangiOquvYili
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram| Web Sayt|Facebook