

Yangi 2026–2027-o‘quv yilingiz muborak bo‘lsin!” shiori ostida tashkil etilayotgan tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriylar hamda talabalar jam bo‘lgan. Bayram dasturidan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim va tibbiyot sohasida erishilayotgan yutuqlar, shuningdek, universitetning yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan chiqishlar o‘rin olgan.
Shuningdek, birinchi bosqich talabalari universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va mas’ul xodimlar tomonidan kutib olinib, ularning universitet hayotiga moslashuvi hamda ta’lim jarayonini samarali boshlashi uchun zarur tavsiyalar berilmoqda.
Bugungi tadbirlar yangi avlod talabalarining Toshkent davlat tibbiyot universitetidagi ilk kunlarini mazmunli boshlash, ularda Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | linkedin | Tik Tok