
Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-davolash fakultetida 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv ishlari 2-kun ham davom etmoqda.
Jarayon davomida talabalar universitet hayoti, ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar hamda ularga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirilmoqda.
Tanishtiruv ishlariga 1-davolash fakulteti dekani Yusupov Shoxrux Shuxratovich boshchilik qilmoqda. Talabalarga o‘quv jarayonidagi mas’uliyat, huquq va majburiyatlar hamda fakultet faoliyati haqida zarur ma’lumotlar berilmoqda.
1-davolash fakulteti — kelajak shifokorlarining katta yo‘li shu yerdan boshlanadi!#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#1DavolashFakulteti#Tanishtiruv#1Bosqich#Talabalik#YangiOquvYili
Rasmiy sahifalarimiz!