Talabalar turar joyida kiberxavfsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Joriy yilning 13-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalar turar joyida talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.Tadbirda Olmazor tumani IIO FMB mas’ul xodimlari — HPB KPB boshlig‘i, katta leytenant Anvar Azimovich Hakimov va mayor Rustam Tolibqulovich Xudoyqulov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida 100 nafardan ortiq talaba-yoshlar ga «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun mazmun-mohiyati, internetdan xavfsiz foydalanish, kibermakondagi tahdidlar, kiberjinoyatlar va internet firibgarligidan himoyalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin

Leave a comment