Toshkent davlat tibbiyot universiteti kafedrasi tomonidan texnikumga tashrif amalga oshirildi

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-son “Fakultet va gospital terapiya, nefrologiya va gemodializ” kafedrasi texnikumlar bilan hamkorlik doirasida Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi.

2026-yil 11-sentabr kuni kafedraning texnikumlar bilan hamkorlik bo‘yicha mas’ul katta o‘qituvchisi Qodirova Shoira Abduraxmanovna texnikumning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.X. Sharafitdinova hamda 1-“Kasbiy fanlar” kafedrasi mudiri Shukurova N.A. bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida hamkorlik shartnomasi asosida yil davomida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Jumladan:
terapevtik fanlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar va ko‘rsatmalar bilan ta’minlanganlik holatini tahlil qilish;
uslubiy jihatdan boyitishga qaratilgan amaliy yordam ko‘rsatish;
yetishmayotgan adabiyotlarni hamkorlikda yaratish;
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni birgalikda tashkil etish;
ARM faoliyatiga ko‘maklashish;
“Mahorat darslari”ni tashkil etish.
Shuningdek, tashrif davomida Qodirova Sh.A. texnikumning Axborot-resurs markazi faoliyati va mavjud o‘quv-badiiy adabiyotlar fondi bilan tanishdi.
Tashrif ikki tomon uchun ham samarali bo‘lib, kelgusida belgilangan rejalar asosida hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment