


Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilari Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida texnikumning “Tor mutaxassislik fanlari” kafedrasi pedagoglari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Uchrashuvda ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy yo‘nalishlarda taqdimotlar asosida tadbirlar tashkil etish, shuningdek, texnikumga o‘quv-metodik yordam ko‘rsatish va hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur hamkorlik doirasida rejalashtirilgan tadbirlarni kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan tizimli ravishda amalga oshirish belgilandi.
Rasmiy sahifalarimiz!