
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoeva Toshkent shahrining bugungi holati va kelajagi, shaharsozlik hamda ekologik masalalarni muhokama qilish maqsadida qator yirik meʼmoriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan uchrashdi.
Toshkent shiddat bilan kengayib borayotgani, shaharsozlik va ekologiya bilan bogʻliq bugungi vaziyat ni inobatga olgan holda, uning kelajagi har qachongidan ham jiddiy eʼtibor va tahlilni talab qilayotgani taʼkidlandi.
Uchrashuvda muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlarga tushayotgan katta yuklama, elektr hamda suv taʼminoti bilan bogʻliq muammolar ga eʼtibor qaratildi.
Toshkentni har bir yurtdoshimiz va poytaxtimiz mehmonlari uchun yanada qulay, koʻrkam, ozoda va xavfsiz shaharga aylantirish maqsadida biznes vakillari, mutaxassislar, urbanistlar, ijodiy studiyalar hamda oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish muhim.
Bunday tashabbuskor biznes vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan zimmaga yuklatilgan asosiy vazifalar dan biri ekani qayd etildi.
Bu jarayonda oliy taʼlim muassasalari ham ilmiy yondashuv va zamonaviy yechimlar asosida shahar rivojiga munosib hissa qoʻshishi kerak.Facebook | Instagram | YouTube|Telegram