“Dars” — ustozga ehtirom, ma’rifat va kitobxonlik haqida yangi film

24-sentabr kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Kontent markazi hamda “MA’NO CINEMA” hamkorligida suratga olingan film 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yaratilgan.
Film markazida — O‘qituvchining inson kamolotidagi o‘rni, ustoz-shogird an’analari, ta’lim va tarbiyaning ahamiyati. Bosh qahramon O‘ygiz obrazi orqali yoshlar o‘rtasida kitobxonlik, mutolaa va ma’rifatga qiziqishni oshirish g‘oyalari yoritiladi.
Filmda insoniylik, mehr-oqibat, milliy qadriyatlar va ustozga hurmat samimiy va hayotiy voqealar orqali aks ettirilgan.
“Dars” 25-sentabrdan mamlakatimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.Premyera: 24-sentabr, 18:00
Manzil: O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

Leave a comment