
Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalar o‘rtasida nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazishga qaratilgan T.S. Agzamxo‘jayev nomidagi klinik bilim va amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha Universitet olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiada ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda talabalar ingliz tilida test sinovlari va klinik keyslar orqali nazariy bilimlarini namoyish etdilar.
Ikkinchi bosqichda esa ishtirokchilar BLS (Basic Life Support) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Olimpiada yakunida har bir kampusdan 5 nafardan, jami 15 nafar g‘olib talaba taqdirlandi. G‘oliblar keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritib, CAUda o‘tkaziladigan olimpiadaga yo‘llanma bilan taqdirlandilar.
Bilim va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligi — kelajakdagi malakali shifokorlar tayyorgarligining muhim omili!#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#AgzamxoJayevOlimpiadasi#TalabalarOlimpiadasi#AmaliyKonikmalar#BLS#TibbiyotTalabalari
Rasmiy sahifalarimiz!