







o‘tkazildi.
2026-yil 15-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor T. Bobomuratov ishtirokida «Prorektor va yoshlar» mavzusida noan’anaviy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va tibbiyot sohasidagi islohotlar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot qilinib, ularning taklif va qiziqishlari o‘rganildi. Talabalarga universitetda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ilm-fan bilan shug‘ullanish, xorijiy tillarni o‘rganish va kasbiy bilimlarini muntazam oshirib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Uchrashuv doirasida Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasidagi dars mashg‘ulotlari ham kuzatilib, talabalar bilan o‘quv jarayoni va universitet hayoti yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, fikr va takliflarini bildirdilar.Mas’ullar: YoBIB dekan o‘rinbosarlari: (DSc), dotsent A.Xudayberdiyev, F.Muminov, Yo.Ulashyeva.
Rasmiy sahifalarimiz!