


Ozon qatlamining yemirilishi — inson faoliyati natijasida atmosferadagi ozon qatlamining siyraklashishi va unda «ozon tuynuklari» hosil bo‘lishi jarayoni.
Asosiy sabablari
·Freon va xlorftoryuglerodlar: Sovutgichlar, kondisionerlar va ayerozollarda ishlatiladigan kimyoviy moddalar yuqori qavatlarga ko‘tarilib, ozon molekulalarini parchalaydi.
·Brom saqlovchi moddalar: Yong‘inni o‘chiruvchi vositalar (gallonlar) ham ozonga qarshi o‘ta xavfli hisoblanadi.
·Ifloslanish: Sanoat chiqindilari va samolyotlarning gazlari atmosfera tarkibiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
Salbiy oqibatlari
·Ultrabinafsha nurlar: Yer yuziga quyoshning xavfli ultrabinafsha nurlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib boradi.
·Salomatlikka zarar: Insonlarda teri raki, ko‘z kasalliklari (katarakta) va immunitet tizimining zaiflashishi ko‘payadi.
·Tabiatga ta’siri: O‘simliklarning o‘sishi susayadi, hayvonot olami va okeandagi fitoplanktonlar nobud bo‘ladi.
Himoya choralari
Monreal protokoli kabi xalqaro shartnomalar orqali ozonni yemiruvchi moddalardan foydalanish bosqichma-bosqich to‘xtatilmoqda.
Sayyora uchun yaxshi yangilik: ozon qatlami tiklanishda davom etmoqda va 2024 yilda stratosferadagi «teshik» 2020 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrga nisbatan kamaydi.
Yerning Quyoshdan keladigan zararli ultrabinafsha nurlardan himoyalanishi asta-sekin tiklanmoqda. Butunjahon meteorologiya tashkiloti (WMO) ma’lumotlariga ko‘ra, ozon qatlamining tiklanishi o‘nlab yillik xalqaro hamkorlik tufayli mumkin bo‘ldi.
Bunga 1980 yilgi Vena konvensiya shartnomasi, keyin esa 1987 yilgi Monreal protokoli asos bo‘ldi. Ular mamlakatlarni xlorftoruglerod (CFC) kabi ozonni yemiruvchi moddalardan bosqichma-bosqich voz kechishga majbur qildi. Ularni ishlab chiqarish va iste’mol qilishning 99 foizdan ortig‘i allaqachon to‘xtatilgan.
2024 yilda Antarktida ustidagi ozon tuynugining chuqurligi 1990−2020 yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past bo‘ldi. Agar hozirgi chora-tadbirlar davom ettirilsa, ozon qatlami 1980 yillardagi darajaga to‘liq tiklanishi mumkin: 2066 yilga borib, Antarktida ustida, 2045 yilga borib, Arktika ustida va 2040 yilga borib butun dunyoda. Bu teri saratoni, katarakta va ekotizimlarga zarar yetkazish xavfini kamaytiradi.
Atrof muhit gigiyenasi kafedrasidan “16 sentyabr — Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi va talabalar mavzuga oid ma’lumotlar bilan tanishishdi.
Rasmiy sahifalarimiz: