
PROFESSORT.S. AGZAMXO‘JAYEV NOMIDAGI OLIMPIADA BO‘LIB O‘TDI!
Tashkent davlat tibbiyot universitetida talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan Professor T.S. Agzamxo‘jayev nomidagi Universitet olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
1-bosqichda talabalar test va klinik keyslar orqali bilimlarini namoyish etdilar. USMLE darajasidagi savollarga javob berishdi.
2-bosqichda esa BLS bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi.
Eng yuqori natijalarni qayd etgan talabalar taqdirlanib, CAUda o‘tkaziladigan keyingi bosqichga yo‘llanma oldilar.
Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va keyingi bosqichda omad tilaymiz!
Tashkent davlat tibbiyot universitetiIqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi!
@tashmeduni_mth