





Toshkent davlat tibbiyot universiteti2-pediatriya fakultetida profilaktik suhbat tashkil etildi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-pediatriya fakultetida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida inspektor xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va giyohvandlikka qarshi kurashish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, turli salbiy illatlarning oldini olish, qonunchilik talablariga rioya etish hamda huquqiy madaniyatni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.
2-pediatriya fakulteti dekani D. T. Ashurova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Y. B. Ulasheva, tyutorlar hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdilar.#2Pediatriya#YoshlarBilanIshlash#Profilaktika#HuquqiyTarbiyа#SoglomTurmushTarzi
Rasmiy sahifalarimiz!