Toshkent davlat tibbiyot universiteti olimlari Qirg‘izistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

16–19-sentabr kunlari Qirg‘iz Respublikasida psixiatriyaning 90 yilligiga bag‘ishlangan
«Ruhiy salomatlik davrlar prizmasida: an’analar, innovatsiyalar, istiqbollar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanda Toshkent davlat tibbiyot universiteti vakillari – professor Z.Sh. Ashurov, professor V.K. Abdullayeva va professor Sh.Sh. Magzumova faol ishtirok etmoqda.

Konferensiyaning tantanali ochilish marosimida professor Zarifjon Sharifovich Ashurov tabrik so‘zi bilan chiqish qilib, qirg‘izistonlik hamkasblarni psixiatriya xizmatining 90 yilligi bilan muborakbod etdi. Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston mutaxassislari o‘rtasidagi uzoq yillik do‘stona hamda ilmiy-professional hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini alohida ta’kidladi.

Universitet olimlarining ushbu xalqaro konferensiyadagi ishtiroki ruhiy salomatlik sohasida tajriba almashish, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni o‘rganish, qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish hamda Toshkent davlat tibbiyot universitetining xalqaro ilmiy hamkorlikdagi nufuzini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment