Toshkent davlat tibbiyot universiteti tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakultetida 1-bosqich talabalari uchun “1-kurs maktabi” mashg‘uloti tashkil etildi. Tadbirda Ilmiy ishlar va

innovatsiyalar bo’yicha prorektor F.L.Azizova, fakultet dekani F.I.Salomova, dekan o‘rinbosarlari G.F.Sherqo’ziyeva, Sh.M.Xaydarov, A.A.Razzoqov, Sh.S.Suyunov hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdilar.
Mashg‘ulot davomida talabalarga universitetning ichki tartibiga oid muhim jihatlar – ta’lim jarayonining o‘ziga xos tomonlari, ichki tartib-qoidalar, fanlarni o‘zlashtirish jarayoni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, talabalik davrida amal qilinishi lozim bo‘lgan huquq va majburiyatlar keng tushuntirib o‘tildi.
Dars jarayonida intizomiy talablar, baholash tizimi, kutubxona va sport majmualaridan foydalanish tartibi haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Bu uchrashuv nafaqat talabalarning yangi muhitga moslashuvini yengillashtirdi, balki ularga ta’limda yuqori marralarni egallash uchun kuchli rag‘bat ham berdi.

Leave a comment