Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalik sari ilk qadam — yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan!

Toshkent davlat tibbiyot universitetidaTalabalik sari ilk qadam — yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-stomatologiya fakultetida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 103-, 104-, 108- va 109-guruh talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda fakultet dekani S.S. Gulyamov hamda dekan o‘rinbosarlari ishtirok etib, talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladilar. Talabalarga o‘qish davridan unumli foydalanish, bilim va amaliy ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, universitet va fakultet faoliyati, kafedralar tuzilishi, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar hamda ichki tartib-qoidalar haqida ma’lumot berildi.

Tadbirda mas’ullar:
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari — K.D. Alimova
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari — P.Q. Turdiyev2-stomatologiya fakulteti tyutorlari

Talabalarga yangi o‘quv yilida mustahkam bilim, yuqori natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#2StomatologiyaFakulteti#YangiOquvYili#Talabalik#YangiMaqsadlar

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment