





Toshkent davlat tibbiyot universitetidaYangi avlod stomatologlari sari ilk qadamlar
Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-stomatologiya fakulteti talabalari bilan yangi o‘quv yili munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda fakultet dekani S.S. Gulyamov, dekan o‘rinbosarlari hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida talabalik davrini mazmunli va samarali tashkil etish, ta’lim jarayonida faol ishtirok etish hamda o‘z ustida muntazam ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarga Toshkent davlat tibbiyot universitetining ta’lim tizimi, 2-stomatologiya fakulteti faoliyati, kafedralar va o‘quv jarayonining tashkil etilishi haqida ma’lumot berildi. Universitetning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish va talabalik mas’uliyatini chuqur his etish muhimligi ta’kidlandi.
Yangi o‘quv yilini katta ishonch va qat’iyat bilan boshlash, bilim olishga intilish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun mustahkam poydevor yaratish bo‘yicha tilaklar bildirildi.
Uchrashuvda mas’ullar:
Dekan o‘rinbosari — K.D. Alimova
Dekan o‘rinbosari — P.Q. Turdiyev2-stomatologiya fakulteti tyutorlari
#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#2StomatologiyaFakulteti#YangiOquvYili#StomatologTalabalar#Talabalik#YangiMaqsadlar
Rasmiy sahifalarimiz!