





Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-davolash fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, urf-odat va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda yoshlarning milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini yanada yuksaltirish maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir tashabbuskorlari: 1-davolash fakulteti tyutorlari Mustayeva D.M. va Mirzakulova N.A.Tadbirning asosiy maqsadi: Yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning tariximizga, ona tilimizga va boy madaniy merosimizga bo‘lgan hurmatini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida:
Milliy o‘zlikni anglashning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi.
Talabalarimiz milliy liboslar, qadriyatlarimizni tarannum etuvchi chiqishlar va qiziqarli taqdimotlar bilan faol qatnashdilar.
O‘zbek xalqining boy tarixi va madaniy merosi haqida o‘zaro fikr almashildi.
Ushbu tadbir yoshlarning qalbiga milliy g‘urur, vatanparvarlik va o‘zbek xonadonlariga xos bo‘lgan ezgu fazilatlarni singdirishda muhim qadam bo‘ldi. Tarixini unitmagan, o‘zligini anglagan xalqning kelajagi doimo buyukdir!
#TDTU#1_davolash_fakulteti#Tyutorlar#Milliylik#MilliyOzlikniAnglash#Talabalar#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#Qadriyatlar#Yoshlar#Ma_naviyat
Rasmiy sahifalarimiz: