#Qonunchilik_yangiliklariQarorga muvofiq, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab magistratura bosqichida kadrlar tayyorlash mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yo‘naltirilgan — kamida 1 yil, ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan — kamida 2 yil etib belgilanadi.
Bunda: o‘quv jarayoni ishlab chiqarish (amaliy) dasturi va ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan holda tashkil etiladi;
amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistrlarni tayyorlash umumiy kurslar bo‘yicha birlashgan ma’ruzalar asosida nazariy bilimlar hamda mutaxassislikka mos tashkilotlar bazasida o‘tkaziladigan amaliyotlar asosida amalga oshiriladi;
ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan magistrlarni tayyorlash umumiy kurslar bo‘yicha birlashgan ma’ruzalar asosida nazariy bilimlar hamda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqot ishlari (ilmiy-ijodiy ishlar)ga muvofiq tashkil etiladi;
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab o‘qish davrida Scopus hamda Web of Science ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda maqola e’lon qilgan magistratura talabalarini belgilangan tartibda rag‘batlantirib borishga ruxsat etiladi.Facebook | Instagram | YouTube|Telegram