







Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-davolash fakulteti 1-kurs talabalari guruh tyutori Nigora Azimovna Mirzaqulova boshchiligida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi hamda Temuriylar davlat muzeyiga sayohat uyushtirdilar.
Tashrif davomida talabalar xalqimizning boy tarixi, qadimiy merosi, milliy madaniyati va nodir eksponatlari bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur madaniy-ma’rifiy sayohat yoshlarning dunyoqarashini kengaytirib, ularga unutilmas taassurotlar va ma’naviy ozuqa berdi.
Ayniqsa, poytaxtimizga ilk bor tashrif buyurgan yoshlar uchun ushbu sayohat Toshkent haqidagi eng iliq va unutilmas xotiralardan biriga aylandi.#ToshkentDavlatTibbiyotUniversiteti#1DavolashFakulteti#Talabalar#MadaniyMarifiyTadbir#Tarix#Yoshlar#Talabalik
Rasmiy sahifalarimiz!