“Dekan va yoshlar: tartib-intizom va mas’uliyat — muvaffaqiyat garovi”

2026-yil 17-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakulteti 2-kurs 2-patok talabalari bilan “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Fakultet dekani S.S. Gulyamov talabalar bilan samimiy muloqot qilib, ularning ta’lim olishi, universitet hayotidagi faol ishtiroki va talabalik davrini mazmunli o‘tkazishi bilan bog‘liq masalalar haqida fikr almashdi.
Suhbat davomida talabalarga universitetning ichki tartib-intizom qoidalari, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, mashg‘ulotlarda faol ishtirok etish, universitet mulkini asrab-avaylash hamda talabalik mas’uliyatini chuqur his etish zarurligi tushuntirildi.
Shuningdek, yoshlarning nafaqat bilimli va malakali mutaxassis, balki yuksak ma’naviyatli, intizomli va mas’uliyatli insonlar bo‘lib kamol topishi muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirib, samimiy muloqotda faol ishtirok etdilar.

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment