Kelajak shifokorlari bilan samimiy uchrashuv!

Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-davolash fakultetining 1-kurs 116, 117, 118, 119 hamda 120-guruh talabalari bilan juda mazmunli va samimiy uchrashuv o‘tkazildi.
Talabalik odatdagi o‘qish emas, balki buyuk va mas’uliyatli shifokorlik kasbiga qo‘yilgan ilk qadamdir.

Uchrashuv davomida yoshlarimizga universiteting ichki odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati va oliygoh tartib-intizomi haqida atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207 sonli Farmoni mazmun-mohiyati hamda rektorimiz Shuxrat Abdujalilovichning talaba-yoshlarga yo‘llagan murojaat va tavsiyalari yetkazildi.
Bizning asosiy maqsadimiz — har bir talabaning nafaqat chuqur bilim olishi, balki yuksak ma’naviyatli, o‘z kasbiga sodiq shaxs bo‘lib yetishishida ko‘makchi bo‘lishdir. 1-davolash fakulteti tyutori: Mirzaqulova Nigora Azimovna#TDTU#1DavolashFakulteti#KutibOlish#KelajakShifokorlari#TyutorTizimi#TalabalikDavri

Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram| YouTube | X | Linkedin

Leave a comment