





Milliy liboslar — xalqimizning boy tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, milliy didi hamda estetik qarashlarini o‘zida mujassam etgan bebaho ma’naviy merosdir. Bugungi kunda milliy liboslarning o‘ziga xos jozibasi va mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘usini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
18-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetida Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari hamda fakultet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi va kengash a’zolari tashabbusi bilan “Milliy liboslar — qadriyatlarimiz ko‘zgusi” shiori ostida “Milliy liboslar kuni” o‘tkazildi.
Rasmiy sahifalarimiz!