







Mazkur mashg‘ulotda tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Abduayevich Mavrulov ma’ruza qildi.
Ma’ruza davomida jamiyatda yashash qoidalari, ijtimoiy odob-axloq me’yorlari, o‘zaro hurmat va insonning jamiyat oldidagi mas’uliyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati va bugungi kundagi qadri haqida tahliliy ma’lumotlar berildi.
Mashg‘ulot yakunida talabalar ishtirokida savol-javob tashkil etilib, mavzu yuzasidan ularni qiziqtirgan savollarga professor tomonidan batafsil javoblar berildi.
Mazmunli va ochiq muloqot ruhida o‘tgan mashg‘ulot talaba-yoshlarning tarixiy xotirasi, vatanparvarlik tuyg‘usi, ma’naviy-axloqiy qarashlari hamda jamiyat oldidagi mas’uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimiz!