Universitetimiz Professori Stomatologiya sohasida dunyoda 10 talikka kirgan jurnal tahrir hay’ati a’zosi bo’lib Chexiyadagi kongressda qatnashdi.

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti vakili sifatida Stomatologik kasalliklar profilaktikasi kafedrasi professori Baxtinur Xudanov joriy yilning 4-7 sentabr kunlari Chexiyaning Praga shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon stomatologiya federatsiyasining (FDI – World Dental Federation) kongressida ishtirok etdi. Shuningdek, FDI ning rasmiy ilmiy jurnali — Xalqaro stomatologiya jurnali (International Dental Journal) tahrir hay’ati yig’ilishida ham a’zo sifatida qatnashdi.
Muhimi, IDJ 2025-yilda 5.2 Impact Factor’ga erishib, stomatologiya jurnallari orasida eng yuqori 10 foizga kirdi. Bunday nufuzli xalqaro maydonda ishtirok etish O‘zbekiston stomatologiyasi vakillari uchun hamkasblar bilan tajriba almashish, yangi ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va mamlakat stomatologiyasini xalqaro ilmiy hamjamiyatga yanada yaqinlashtirish uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | LinkedIn

Leave a comment